Markaziy Qizilqum milliy tabiat bog'i
Introducing
"Markaziy Qizilqum" milliy tabiat bog’i Navoiy viloyati Uchquduq tumani hududida Turon tekisligi bo’lgan katta cho`llardan biri Qizilqum cho’li hududida joylashgan. Shimoli-sharqidan Qozog`iston davlat chegarasiga to`g`ri keladi. “Markaziy Qizilqum" milliy tabiat bog’i Markaziy Osiyoda o’z tabiiy-iqlim muhiti jihatidan masshtabdagi qum uyumlari, tekisliklar, past cho’kmalar, majmuasidan iborat geografik hudud hisoblanadi. Umumiy maydoni 1 200 000 ga yer maydoni ajratilgan shundan: Qo’riqxona zonasi: 674 205.5ga, Rekreatsiya zonasi: 20 000ga, Xo’jalik maqsadida foydalanish zonasi: 505 794.5 gani tashkil etadi.
Tabiiy sharoiti: "Markaziy Qizilqum" milliy tabiat bog’ining ko`pchilik qismini mutloq balandligi 200 m gacha bo`lgan qumli tekisliklar tashkil qiladi. Tekisliklarning ko`pchilik qismini allyuvial ( doimiy va vaqtli oqar suvlar keltirmalarining yer yuzasidagi botiq yoki yassi joylarda choʻkib qolishidan vujudga kelgan tekisliklar) sochma qumlar tashkil qilib, asosan, eol relef (Eol relief shakllari – shamol ta’sirida yuzaga keluvchi relyef shakllar) shakllari, qum marzalari (Marza - relyef shakli. Tepasi qabariq shakldagi muayyan masofaga choʻzilgan balandlik), do`ng qumlar, barxanlar ko’proq mavjud. Qum marzalari ko`proq meridianal, yo`nalishga ega bo`lib, o`simliklar bilan mustahkamlangan. Ularning nisbiy balandliklari 15—20 m, ba`zan esa maksimal balandliklari 60—70 m gacha yetadi. Shanishbay, Nissan va Kupet hudularida tabiiy ko’llar mavjud.
Florasi: Markaziy Qizilqum milliy tabiat bog’ida o’sadigan 44 turdan ortiq o’simlik turi mavjud shundan, 28 tur dorivor-ozuqaviy o’simliklar sarasiga kiradi.
Faunasi: Milliy tabiat bog’ida 17 turdan ortiq sut emizuvchilar (Shulardan: Qum mushugi (Felis margarita), Jayron (Gazella subgutturosa), Bo’ri (Canis lupus), Turkman qora qulog’i (Caracal caracal michaelis), Qorsak (Vulpes corsac), Qum tovushqoni (Lepus tolai), Qulog’dor tipratikan (Hemiechinus auritus), Mitti qo’shoyoq (Salpingotus heptneri Vorontsov et Smirnov), Yovvoyi Cho’chqa (Sus scrofa), Sariq sassiqko’zan (Mustela eversmanii), Uzun ignali tipratikan (Paraechinus hypomelas), Sayg’oq (Saiga tatarica), Sebersob qo’shoyoq (Allactaga severtzovi), Oddiy Tulki (Vulpes vulpes)) mavjud.
Ekoturizm maskanlari: Milliy tabiat bog’i hududi 20.000 ga yer maydoni ekoturizmni rivojlantirish maqsadida ajratilgan. Nissan bo’limida tabiiy ko’llar mavjud. Oqbuket hududida rekreatsiya zonasi tekis taqirlik va qum barxanlaridan iborat.
Qo’riqxona atrofida yaqin mehmonxona.
"Markaziy Qizilqum" milliy tabiat bog’idan 150 km masofada bo’lgan Uchquduq tumanida mehmonxona va mehmon uylari mavjud.
"Markaziy Qizilqum" milliy tabiat bog’idan Navoiy viloyat markazi bo’lgan masofa 440-450 kmni tashkil etadi.
Manzil: O’zbekiston Respublikasi Navoiy viloyati Uchquduq tumani Altintov OFY Taraqqiyot 23-uy.
